Marokash terma jamoasi JCh-2026da ishtirok etadi.

Valid Regragi jamoasi saralashning 7-turida Nigerni tor-mor etdi (5:0) va 6 o'yindan so'ng 18 ochko bilan E guruhida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rinda borayotgan Tanzaniyada 10 ball bor.

Marokash terma jamoasi JCh-2026ga Afrika terma jamoalari orasida birinchi bo'lib chiqdi. U ketma-ket uchinchi marta jahon chempionatiga yo'llanma oldi va 2030 yilda mezbonlardan biri sifatida turnirda o'ynaydi.