Yana bir grand Olisega ko'z tikdi

«Bavariya» va Frantsiya terma jamoasi vingeri Maykl Olisega yangi da'vogar paydo bo'ldi. 24 yoshli futbolchini sotib olish variantini «PSJ» ko'rib chiqmoqda, deb xabar beradi L'Equipe du soir.
Myunxen klubi frantsuzning sotilishini istamayapti va u uchun juda katta mablag' talab qiladi, biroq parijliklarda ushbu yulduz bo'yicha moliyaviy so'rovlarni qondirish imkoniyati mavjud.
Transfermarkt portali ekspertlari talqiniga ko'ra, Olisening bahosi 150 million evroni tashkil etadi, ammo «Bavariya» o'yinchini hatto bunday summaga ham qo'yib yuborishi dargumon. Mayklga Madridning «Real» klubi ham qiziqish bildirmoqda.
Yakunlangan mavsumda myunxenliklar hujum chizig'i etakchisi 52 ta o'yinda maydonga tushib, 22 ta gol va 31 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.