Braziliyalik himoyachi Yan Kouto Dortmundning «Borussiya» klubidan Italiyaning «Komo» jamoasiga o'tishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Janluka di Martsio xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotiga ko'ra, A Seriya vakili 24 yoshli futbolchini 20 million evro evaziga sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi. Transferni rasmiylashtirish yakuniy bosqichda turibdi.

Germaniya Bundesligasining o'tgan mavsumida Kouto Dortmund jamoasi safida 19 ta o'yinda maydonga tushdi. Himoyachi o'z hisobiga ikkita gol va ikkita golli uzatma yozib qo'ydi. Uning hisobida to'rtta sariq kartochka bor.

«Komo» A Seriya turnir jadvalida to'rtinchi o'rinni egalladi.

Manba: Stadion.uz