Lamin Yamalning otasi o'g'lini qo'llab-quvvatlovchi gaplarni tushuntirdi.

"Barselona" vingeri "Oltin to'p" uchun ovoz berishda ikkinchi o'rinni egalladi. Sovrin "PSJ" hujumchisi Usmon Dembelega nasib etdi.

Marosimdan so'ng Yamalning otasi Munir Nasraui shunday dedi: "G'alati narsa sodir bo'ldi. Lamin - dunyoning eng yaxshi futbolchisi. Uning raqobatchilari yo'q".

«Men bema'ni gap aytganim yo'q. Shunchaki hamma tushunishi uchun - o'g'lim dunyoda eng zo'ri dedim. Boshqa hech narsa demadim. Mayli, hechqisi yo'q, gapiraverishsin", - dedi Nasraui strim paytida.