Yamalning otasi Argentina bilan final haqida: «Men muammo keltirib chiqarishim mumkin»

Ispaniya terma jamoasi yulduzi Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui 2026 yilgi Jahon chempionati finalida Argentinaga qarshi kechadigan bahsda ishtirok etmaydi.
«Men epilepsiya bilan og'riyman, muntazam ravishda dori-darmon qabul qilishim kerak. Ba'zida xurujlar ro'y berib turadi. Hayajon tufayli ahvolim keskin yomonlashishi mumkin. Shu sababli uyda qolganim ma'qul. Men muammo keltirib chiqarishim mumkin», — deya Yamalning otasi so'zlarini keltiradi Heraldo.
Ispaniya va Argentina terma jamoalari o'rtasidagi final uchrashuvi yakshanba, 19 iyul kuni bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19 iyul kuni soat 23:59 da boshlanadi.
Eslatib o'tamiz, Argentina amaldagi chempion hisoblanadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar