"Barselona" vingeri Lamin Yamal joriy mavsumda klub safidagi samaradorligini yanada oshirib, barcha turnirlardagi ochkolari sonini 37 taga etkazib oldi.

18 yoshli futbolchi La Liga doirasidagi "Espanol"ga qarshi kechayotgan bahsda (2:1, ikkinchi bo'lim davom etmoqda) ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. E'tiborlisi, har ikkala holatda ham u Ferran Torresning gollariga hammualliflik qildi.

Endilikda Yamalning "Barselona" safidagi joriy mavsum statistikasi 43 o'yinda 21 ta gol va 16 ta golli uzatmani tashkil etmoqda.

Turnirlar bo'yicha ko'rsatkichlar:

  • La Liga: 27 o'yinda 14 ta gol va 11 ta assist;

  • Ispaniya Kubogi: 5 o'yinda 2 ta gol va 2 ta assist;

  • Chempionlar ligasi: 9 o'yinda 5 ta gol va 3 ta assist;

  • Ispaniya Superkubogi: 2 o'yinda 0 ochko.