Yamalning jarohati kutilganidan jiddiyroq bo'lib chiqdi

"Barselona" yulduzi Lamin Yamalning navbatdagi o'yinlarda ishtirok etish ehtimoli past.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, 18 yoshli futbolchining belidagi jarohati kutilganidan jiddiy bo'lib chiqdi va u katta ehtimol La Liga doirasidagi “Xetafe” (22 sentyabr) va “Real Ovedo”ga (26 sentyabr) qarshi uchrashuvlarni o'tkazib yuboradi.
U "PSJ" bilan bo'ladigan (1 oktyabr) EChL o'yiniga to'liq tayyor bo'lishi kutilmoqda.