Yamalning jarohati haqida ma'lumot berildi

Ispaniya terma jamoasi va "Barselona" vingeri Lamin Yamal tez orada safga qaytishi kutilmoqda.
18 yoshli futbolchi o'zini noqulay his qildi va Bolgariyaga qarshi o'yin oxirida zaxiraga olindi, unda ispanlar 3:0 hisobida g'alaba qozondi. Jurnalist Xaver Erraesning ma'lumotlariga ko'ra, barchasi Yamal jiddiy jarohat olishdan qutulib qolganini ko'rsatmoqda. Juma kuni futbolchi dam oladi, yakshanba kuni esa JCh-2026 saralash bosqichi 2-turidan o'rin olgan Turkiyaga qarshi bahsda ishtirok etishi kutilmoqda.
Bolgariyaga qarshi o'yinda Lamin Yamal golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Gollarga Mikel Oyarsabal, Mark Kukurelya va Mikel Merino mualliflik qildi.