"Atletiko" klubi va Portugaliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Paulu Futrening fikricha, qiz bola bilan munosabatlar Lamin Yamalga foyda keltiradi.

- Lamin Yamal dunyoda eng zo'ri bo'ladi... Lekin u tezroq birorta qiz do'st topishi kerak.

- Nima uchun?

- Lamin Yamal yosh, uning sevgan qizi bo'lishi muhim. Farzandlarimning onasi bilan tanishganimda 100 foiz professional futbolchiga aylandim.

- Sobiq xotiningiz fikringizni jamlashga yordam berdimi?

- Shubhasiz... Avvalgidek ziyofatlarga tez-tez bormasdim. O'shandan keyin men "Portu" kiyinish xonasida mas'uliyatliroq bo'ldim," - dedi Futer Xosep Pedrerolga.