Yamal va Xoland Transfermarkt tarixidagi eng yuqori narx rekordini o'rnatishdi

Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari jahon chempionatidan so'ng futbolchilarning bozor qiymatini yangiladi. Lamin Yamal va Erling Xoland hamon eng qimmatbaho futbolchilar reytingida birinchi o'rinni bo'lishib turishibdi — ularning ikkalasi ham 20 million evroga qimmatlab, 220 million evroga etdi. Bu Transfermarkt tarixidagi eng yuqori baholash hisoblanadi.
Keling, dunyoning eng qimmat 10 ta futbolchisi reytingi qanday ko'rinish olganiga nazar tashlaymiz:
-
Erling Xoland — 220 mln evro (+20 mln evro);
-
Lamin Yamal — 220 mln evro (+20 mln evro);
-
Kilian Mbappe — 200 mln evro (+20 mln evro);
-
Maykl Olise — 170 mln evro (+20 mln evro);
-
Jud Bellingem — 160 mln evro (+30 mln evro);
-
Pedri — 150 mln evro (0);
-
Vinisius Junior — 140 mln evro (0);
-
Vitinya — 140 mln evro (0);
-
Xvicha Kvaratsxeliya — 140 mln evro (0);
-
Joau Nevesh — 140 mln evro (0).
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar