Yamal uchta ko'rsatkich bo'yicha barcha top-liga o'yinchilarini ortda qoldirmoqda

"Barselona" vingeri Lamin Yamal birdaniga uchta ko'rsatkich bo'yicha Evropaning eng yaxshi futbolchisi hisoblanadi. Bu haqda WhoScored xabar bermoqda.
Joriy mavsumda kataloniyaliklar tarbiyalanuvchisi 117 ta dribling qilishga urinish, 60 ta muvaffaqiyatli dribling va ettita samarali uzatmani amalga oshirdi. Bu ko'rsatkichlar bo'yicha u barcha top-liga o'yinchilari orasida birinchi o'rinni egallab turibdi.
Shu bilan birga, 18 yoshli vinger joriy mavsumda jarohati sabab 5ta o'yinni o'tkazib yubordi. Agar jarohat bo'lmaganda, uning individual ko'rsatkichlari yanada yuqori bo'lishi mumkin edi.