Yamal tufayli «Barsa» va Ispaniya terma jamoasi murabbiyi o'rtasida urush boshlandi!

Ispaniyaning AS nashrining yozishicha, Lamin Yamal tufayli "Barselona" va Ispaniya milliy jamoasi ustozi Luis de la Fuente o'rtasida ochiq urush boshlandi.
Manbaga ko'ra, murabbiy 18 yoshli Yamalni terma yig'iniga chaqirganidan 4 soat o'tib, klub uni belidan jarohat olib, 2-3 haftaga safdan chiqqanini ma'lum qildi.
U FIFA kunlarini aniq o'tkazib yuboradi.
Yamal joriy mavsumda 5 ta o'yinda 2 ta gol urib, 4 ta assist berdi.