Yamal: "Statistikam meni qiziqtirmaydi"

"Barselona" vingeri Lamin Yamal "Rayo Valekano"ga (1:1) qarshi o'yindan keyin bergan intervyusida o'z o'yini haqida gapirdi.
"Bu mavsumda qo'shimcha qilishim mumkin, men hali eng yuqori darajaga etganim yo'q. Statistika juda yaxshi, lekin meni qiziqtirmaydi. Maydonda o'zimni yaxshiroq his qilishni istayman," - deya Yamalning so'zlarini keltiradi "Gazeta.Ru."