“Barselona” bosh murabbiyi Xansi Flik matbuot anjumanida hujum chizig'idagi futbolchilar — Lamin Yamal, Rafinya va Markus Reshfordning holati haqida ma'lumot berdi.

Flik Yamalning tiklanish jarayonidan qoniqqanini ta'kidladi:

“Yamal oxirgi ikki hafta davomida juda qattiq mehnat qildi. Ko'rganlarimdan mamnunman. Bu jarohatning o'zining ijobiy va salbiy tomonlari bor, lekin u bilan hammasi joyida, deb o'ylayman".

Markus Reshford haqida esa u shunday dedi:

“Reshfordda kecha va bugun qattiq isitma bor edi”.

Eng yaxshi yangilik esa Rafinya bilan bog'liq:

“Yaxshi xabar — Rafinya qaytdi. Ertaga u 10–15 daqiqa yoki undan ko'proq o'ynay oladimi — bunga hali baho beramiz. Ammo uning qaytishiyoq juda muhim.”

22 noyabr, shanba kuni “Barselona” o'z maydonida “Atletik”ga qarshi o'yin o'tkazadi.