Yamal "Real"ga "tosh otdi"

"Barselona" yulduzi Lamin Yamal "Real"ga "tosh otdi". Strim paytida 18 yoshli futbolchidan Madrid superklubi Ispaniya Medialigasi vakili "Porsinos"ga o'xshaydimi, deb so'rashdi.
"Porsinos" "Real"ga o'xshaydimi? Albatta, ha, ular firibgarlik qilishadi, shikoyat qilishadi...", - deya Yamalning so'zlarini keltiradi Marca.
Dam olish kunlari "Real" va "Barselona" Ispaniya La Ligasida "klasiko" o'tkazadi. "Santyago Bernabeu"dagi jang 26 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 20:15 da boshlanadi.