Yamal qiyin paytlarni qanday engib o'tishini aytib berdi

"Barselona" vingeri Lamin Yamal qiyin damlarni qanday engib o'tishi haqida gapirdi.
"Ba'zan hayotda kutilmagan vaziyatlarga duch kelasan va munosib kurashish uchun qandaydir tayanch kerak bo'ladi. Menga fe'l-atvorim yordam beradi: men har doim ijobiy fikrlayman, hatto hamma narsa yomon bo'lib ko'rinsa ham. Biror kun tushkun yoki g'amgin holda uyquga yotganim yo'q. Men har doim shunday fikrlar bilan uxlayman: "Ertaga yangi kun, men mashg'ulotlarga boraman, o'zimni ko'rsataman va dam olish kunlari yaxshi o'yin o'tkazaman," - deya Yamalning so'zlarini keltiradi The Touchline.