Xabaringiz bor, ertaga 22 sentyabr kuni Parijda nufuzli "Oltin to'p-2025" topshirish marosimi bo'lib o'tadi.

Mundo Deportivo xabariga ko'ra, Lamin Yamal "Oltin to'p" marosimiga o'zining 20 nafar oila a'zosi bilan birga safar qiladi. Barcha yaqinlari Dolce & Gabbana liboslarida bo'lishadi.

Dembelening g'alaba qozonishi ehtimoli yuqori, ammo Lamin ham imkoniyatga ega. Agar u g'alaba qozonsa, Parijda maxsus bayram tashkil qilishni rejalashtirgan.

Hozirda 18 yoshli vinger jarohatini davolamoqda. U "PSJ" bilan o'yinga (1 oktyabr) to'liq tayyor bo'ladi.