Lamin Yamal "Oltin to'p"ning top-3 taligiga kirgan eng yosh futbolchiga aylandi.

"Barselona" va Ispaniya terma jamoasi vingeri France Football talqiniga ko'ra yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun ovoz berishda 2-o'rinni egalladi. "Oltin to'p" sohibi Usmon Dembele bo'ldi.

18 yosh-u 71 kunlik Yamal "Oltin to'p" uchun ovoz berish natijalariga ko'ra tarixdagi eng yosh top-3ga kirgan futbolchiga aylandi.