Yamal: «Odamlar haligacha futboldan zavqlanayotgani g'alati»

Ispaniya terma jamoasi va «Barselona» vingeri Lamin Yamal zamonaviy futbolning tomoshabopligi muammosi haqida o'z fikrlarini bildirdi.
«Menga odamlar haligacha futbol tomosha qilishdan zavqlanayotgani g'alati tuyuladi. Ilgari men tez-tez o'yinlarni tomosha qilardim, endi esa bu menga qiyinchilik tug'dirmoqda. O'yindan zavq olish uchun Neymar, Sherki, Isko, Benzema, Vinisius kabi futbolchilarni — chindan ham kuzatish yoqimli bo'lganlarni ko'rish kerak. Ular albatta Ronaldino kabi braziliyalik bo'lishi shart emas. Men Anrining o'yinini jonli hech qachon ko'rmaganman, lekin u haqdagi videolavhalar menga juda yoqardi», — deya Yamalning so'zlarini keltiradi The Touchline.
27 iyun kuni ispaniyaliklar JCh-2026 guruh bosqichining so'nggi turida Urugvay bilan o'ynaydi. Bahs Toshkent vaqti bilan 28 iyun soat 05:00'da boshlanadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar