Yamal o'zini yomon his qilgani sababli «Barselona»ning bugungi mashg'ulotida ishtirok etmadi

«Barselona» vingeri Lamin Yamal 2026 yildagi ilk mashg'ulotda ishtirok etmadi.
As nashri xabar berishicha, Yamal bugungi mashg'ulotni umumiy holatining yomonligi sababli o'tkazib yuborgan. Shu bilan birga, vinger 3 yanvar kuni La Liga doirasida «Espanol»ga qarshi derbini, katta ehtimol bilan, o'tkazib yubormaydi.
Joriy mavsumda 18 yoshli Yamal La Ligada 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol va 7 ta golli uzatma muallifi bo'lgan.
Manba: sports.ru