Yamal o'zini javobgar bo'lmagan mojaroga aralashib qolgandek his qilmoqda

Avvalroq, "Barselona"ning 18 yoshli vingeri Lamin Yamal JCh-2026 saralashida Gruziya va Turkiyaga qarshi o'ynamasligi ma'lum bo'lgandi. Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi futbolchining xabardor qilinmasdan chov sohasidagi noqulaylikni davolash uchun muolajadan o'tganidan hayron bo'ldi.
AS xabariga ko'ra, Yamal 2026 yilda "Finalissima"da o'ynash istagini bildirgan va bu vaqtga kelib "klub va federatsiya o'rtasidagi munosabatlar tiklanishiga" umid qilmoqda.
"Lamin o'zini javobgar bo'lmagan mojaroga aralashib qolgandek his qilmoqda. U "Barselona" va jahon chempionatida engib o'tishi kerak bo'lgan qiyinchiliklarni hisobga olgan holda, ushbu juda muhim mavsumda imkon qadar tezroq tiklanishni va yaxshiroq o'ynashni xohlaydi," - dedi manba.