«Barselona»ning 18 yoshli vingeri Lamin Yamal yana bir nufuzli sovrinni qo'lga kiritdi — u Laureus World Young Sportsman of the Year mukofoti sovrindori bo'ldi. Bu haqda Sports.kz xabar bermoqda.

Yamal bundan avval ham Laureus mukofotini «Yil kashfiyoti» nominatsiyasida qo'lga kiritgan edi, endi esa u yilning eng yaxshi yosh sportchisi sifatida e'tirof etildi.

Sovrinni qabul qilganidan so'ng Yamal bu uning uchun alohida ahamiyatga ega lahza ekanini ta'kidlab, oilasi, jamoasi va uni qo'llab-quvvatlayotgan barcha insonlarga minnatdorlik bildirdi.

Shuningdek, u Lionel Messi haqida ham alohida fikr bildirdi:

«Messi men uchun tarixdagi eng yaxshi futbolchi, balki eng buyuk sportchi hamdir. U qilgan ishlari uchun hamma uni hurmat qiladi. Men uning yo'lini davom ettirishga umid qilaman», — dedi Yamal.

Manba: sports.kz