Yamal: "Men yarim tunda uyg'onib, pechene eyish uchun ertaroq uxlashga harakat qilaman"

"Barselona" vingeri Lamin Yamal kechasi uyg'onib, pechene eyishni odat qilgani haqida gapirdi.
"Men yarim tunda uyg'onish uchun ertaroq yotishga harakat qilaman. Men buni pechene eyish uchun qilaman. Bu menga yoqadi. Shuning uchun menda qiz do'st bo'lishi qiyin, chunki men kechasi uyg'onib ketaman," - dedi Yamal o'zining Youtube-kanalida e'lon qilingan videoda.
Yamal bu mavsumda "Barselona" safida barcha musobaqalarda 20 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.