Vinger Lamin Yamal o'z fikrlari bilan "Real" va "Barselona" o'rtasidagi bo'lajak "el-klasiko" darajasini oshirdi. Ijtimoiy tarmoqlarda 18 yoshli Yamalning strimer Ibai Lyanos bilan muloqot qilayotgani aks etgan yangi video parchasi paydo bo'ldi.

- "Bernabeu"da gol urish oson bo'lmaydi", - dedi Lyanos.

- Men allaqachon u erda gol urganman - 0:4 hisobi esingizdami? - deb javob berdi Yamal tabassum bilan.