"Barselona" vingeri Lamin Yamal "Espanol"ga qarshi kechayotgan bahsda ikkita golli harakatni amalga oshirdi.

Yamal uchrashuvning 9 va 25-daqiqalarida Ferran Torresga assistentlik qildi.

Shu tariqa, Laminning La Liga joriy mavsumidagi ko'rsatkichlari 27 ta o'yinda 14 ta gol va 11 ta golli uzatmaga etdi — u ayni damda chempionatning eng yaxshi assistenti bo'lib turibdi.

"Gol+pas" tizimida esa faqatgina Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe undan oldinda, uning hisobida 27 (23+4) ochko mavjud.