"Barselona" forvardi Robert Levandovski yiliga 20,8 mln evro maosh oladi. U Kataloniya klubining eng ko'p maosh oluvchi futbolchisi hisoblanadi, deb xabar beradi Capology.

Ikkinchi o'rinda yarim himoyachi Frenki de Yong bormoqda. Niderlandiyalik yiliga 19 mln evro maosh oladi.

"Ko'k-anorranglilar"ning eng ko'p maosh oluvchi futbolchilari uchligini 16,7 mln evro ko'rsatkich bilan vinger Lamin Yamal yakunlab berdi.

Rafinya va Mark-Andre ter Shtegen ham Yamal bilan bir xil maosh oladi. Eng kam pulni Voytsex Shensni (3 mln evro), Alexandro Balde (1,7 mln) va Jerar Martin (1,6 mln) oladi.