Yamal joriy mavsum o'ynagan o'yinlaridan ko'ra ko'proq golda ishtirok etdi

Lamin Yamal "Barselona" safida mavsumdagi 12 o'yinda 6 gol va 7 golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Shanba kuni 18 yoshli vinger La Liganing 13-turidan o'rin olgan "Atletik"ka qarshi o'yinda (4:0) Ferran Torresga ikki bor assistentlik qildi.