Yamal JCh-2026 yarim finali oldidan bosimga qanday bardosh berayotganini aytib berdi

«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi futbolchisi Lamin Yamal 14 iyul kuni bo'lib o'tadigan JCh-2026 1/2 finali doirasidagi Frantsiyaga qarshi o'yin oldidan o'z kayfiyati bilan o'rtoqlashdi.
Jurnalistlar 19 yoshli vingeridan shunday mas'uliyatli o'yin arafasida qanday qilib xotirjamlikni saqlab qolayotgani haqida so'rashdi.
«Futboldan ko'ra jiddiyroq muammolarga ega odamlar bor. Oxir-oqibat, bu shunchaki bitta o'yin. Hatto yutqazsang ham, futbol baribir o'yin bo'lib qolaveradi. Kelajakda g'alaba qozonish uchun hali imkoniyatlaring bo'ladi», – dedi Yamal matbuot anjumanida.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar