"Barselona" futbolchisi Lamin Yamal jarohat olgan paytlari haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

18 yoshli vinger aprel oyi oxirida jarohat olgandi. Jarohati juda jiddiy edi, ammo u Ispaniya terma jamoasining Jahon chempionati tarkibiga kiritilgan va guruh bosqichi o'yinlarida maydonga tushishi kutilmoqda.

"Jarohatdan keyin men bu meni Jahon chempionatidan chetlashtirmasligi uchun ich-ichimdan ibodat qidim", - dedi Yamal Barca Universal bilan suhbatda.

Bo'lajak Jahon chempionati Lamin Yamal uchun birinchi bo'ladi. "Qizil Furiya" Kabo-Verde, Urugvay va Saudiya Arabistoni bilan bir guruhda o'ynaydi.