Kataloniyaliklar vingeri Lamin Yamal tizzasidan operatsiya qilingan "Barselona"dagi sherigi Gavini qo'llab-quvvatlashini bildirdi.

Yamal ijtimoiy tarmoqda Gaviga murojaat yo'llab, uni "jangchi" deb atagan va unga kuch-quvvat va tezroq maydonga qaytishini tilagan. Vinger Gavini hech kim to'xtata olmasligini va hamma uning qaytishini kutayotganini ta'kidladi.

- Mening jangchim, ishonchim komilki, sen tez orada qaytib kelasan va har doimgidek eng yaxshi bo'lasan, - deb yozdi Lamin.