Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal mamlakatning sobiq bosh vaziri Mariano Raxoyning Frantsiya terma jamoasi haqida aytgan so'zlariga munosabat bildirdi. Avvalroq sobiq amaldor o'z nutqida Frantsiya terma jamoasida birorta ham frantsuz futbolchisi yo'qligini aytgan edi.

«Seshanba kuni bizni jahon chempionatidagi eng chiroyli o'yinlardan biri kutib turibdi va menimcha, bu haqda (irqchilikka oid bayonotlar haqida) gapirishning hojati yo'q. Ammo futbolning qandaydir foydasi bo'lsa, u ham bo'lsa jamiyatda integratsiyaga xizmat qilishidir. Frantsiya ham, biz ham bunga yorqin misolmiz. Men bu inson nima degani haqida boshqa gapirmayman», — dedi Yamal.

Frantsiya va Ispaniya terma jamoalari o'rtasidagi JCh–2026 yarim final bahsi bugun, 14 iyul kuni bo'lib o'tadi.

Manba: Stadion.uz