Evropadagi eng yaxshi yosh futbolchiga beriladigan «Golden Boy» mukofotining rasmiy sayti Transfermarkt bilan hamkorlikda mukofotga da'vogar 100 nafar futbolchi reytingini yangiladi.

Top-10 ro'yxatidan joy olgan futbolchilar:

  1. Lamin Yamal («Barselona»). U mukofotni ololmaydi, chunki 2024 yilda allaqachon eng yaxshi yosh futbolchi deb topilgan;

  2. Uorren Zair-Emeri («PSJ»);

  3. Pau Kubarsi («Barselona»);

  4. Yan Diomande («RB Leyptsig»);

  5. Ayyub Buaddi («Lill»);

  6. Estevao Villian («Chelsi»);

  7. Viktor Froxoldt («Portu»);

  8. Lenart Karl («Bavariya»);

  9. Endrik («Real Madrid»);

  10. Rayan («Bornmut»).

Eslatib o'tamiz, 2025 yilda mukofot sohibi «PSJ» hujumchisi Dezire Due bo'lgandi.

Manba: Stadion.uz