Yamal hashamatli uy sotib olishga yaqin turibdi

«Barselona»ning yosh yulduzi Lamin Yamal mashhur sobiq himoyachi Jerar Pike yashagan uyni sotib olish niyatida. Bu haqda Ispaniyaning Sport.es nashri xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, 18 yoshli futbolchi uyni xarid qilsa, u holda Ronald Arauxo va Alexandro Baldening qo'shnisiga aylanadi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan hafta oxirida bo'lib o'tgan «el-klasiko»da «Barselona» safarda «Real Madrid»dan 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.
Joriy mavsumda Lamin Yamal Ispaniya chempionatida 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urib va 4 ta golli uzatma berdi.