Kataloniyaning "Barselona" klubi 18 yoshli ispaniyalik vingeri Lamin Yamal "Pari Sen-Jermen"ning frantsiyalik hujumchisi Usmon Dembeleni "Oltin to'p" individual sovrini bilan tabrikladi.

Ispaniyalik futbolchi frantsiyalik sportchiga yaqinlashib, uning qo'lini qisdi va quchoqladi.

18 yoshli vingerning o'zi esa 21 yoshgacha bo'lgan eng yaxshi yosh futbolchiga topshiriladigan Raymon Kopa nomidagi sovrinni ikkinchi marta qo'lga kiritdi. 2024 yilda Yamal bu sovrinni ilk bor qo'lga kiritgan edi.