"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Madridda "Rayo Valekano" bilan o'yindan so'ng (1:1) kataloniyaliklarda xudbinlik bo'lmasligi kerakligini aytdi. Nemis mutaxassisining so'zlariga "ko'k-anorranglilar"ning yulduz vingeri Lamin Yamal munosabat bildirdi.

"O'ylashimcha, gap mavsumni o'tgan mavsum oxiridagi intensivlik bilan emas, balki kiyinish xonasidagi xudbinlik bilan boshlaganimizda. Durangdan keyin kayfiyat yo'qoladi. Biz g'alaba qozonishimiz kerak," - dedi Yamal RTVE’ga.

Ispaniya chempionatining navbatdagi turida "Barselona" "Valensiya"ni qabul qiladi. O'yin 14 sentyabr, yakshanba kuni bo'lib o'tadi.