Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal JCh-2026 doirasidagi Frantsiyaga qarshi bo'lajak yarim final uchrashuvini o'z faoliyatidagi eng muhim o'yin deb hisoblashini tan oldi.

Dushanba kuni tug'ilgan kunini nishonlagan «Barselona» futbolchisi o'yinoldi matbuot anjumanida jurnalistlar bilan suhbatlashdi.

«Shubhasiz, bu mening faoliyatimdagi eng muhim o'yin. Biz hech qanday qo'rquvni his qilmayapmiz. Ispaniya — Evropaning amaldagi chempioni, biz hech kimdan qo'rqmaymiz», – dedi 19 yoshli o'yinchi OAV vakillari bilan suhbatda.

Manba: Stadion.uz