"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik matbuot anjumanida vinger Lamin Yamal haqida gapirdi. Bir kun avval kataloniyaliklar Yamalning beli bilan bog'liq muammo qaytalangani sababli ikki-uch hafta maydonga tusha olmasligini ma'lum qilishgandi.

"Qachon qaytishini bilmaymiz. Bu oddiy jarohat emas, mushak jarohati emas. Ikki, uch yoki to'rt haftada tayyor bo'ladimi, bilmaymiz. Hatto u "klasiko"ga qadar tiklanib ulgurishiga ham ishonchim komil emas. U tiklanish bo'yicha mutaxassislar bilan ishlaydi, keyin esa ko'ramiz," - dedi Flik jurnalistlarga.

Lamin Yamal sentyabr oyida "Barselona"ning to'rtta o'yinini o'tkazib yubordi, shundan so'ng "Real Sosedad" va "PSJ" bilan o'ynadi.