Yamal borasida ma'lumotlar yangilandi

"Barselona"ning 18 yoshli vingeri Lamin Yamalning ahvoli haqida yangi ma'lumotlar e'lon qilindi.
Jurnalist Karlos Monfortning so'zlariga ko'ra, Yamal allaqachon to'p bilan mashg'ulotlarga qaytgan. Xabar qilinishicha, futbolchining jarohatidan tiklanish jarayoni juda yaxshi ketmoqda va "Barselona" murabbiylar shtabi ispaniyalik futbolchini "Real Sosedad"ga qarshi o'yinda ko'rishni istamoqda.
Kataloniyaliklarning asosiy maqsadi Yamalni 1 oktyabr kuni "PSJ"ga qarshi Chempionlar ligasi o'yiniga to'liq tayyorlab qo'yish.