"Barselona" vingeri Lamin Yamal La Liga doirasidagi "Rayo Valekano"ga (1:1) qarshi o'yindan so'ng intervyu berdi.

"Bugun bizga kerakli kayfiyat etishmadi, - deb hisoblaydi Yamal. - O'tgan mavsumdagidek o'ynashimiz kerak. Gap bizning yuqori mudofaa chizig'imizda emas. Biz o'z futbolimizni o'ynashda davom etishimiz, g'oyaga sodiq qolishimiz kerak. Terma jamoalar o'rtasidagi tanaffusdan keyin avvalgi kayfiyat bilan qaytamiz va qolgan barcha o'yinlarda g'alaba qozonishga harakat qilamiz," - dedi Lamin o'yindan keyingi OAV bilan suhbatda.