Yamal «Barselona»dan tashqari unga yoqadigan uch nafar futbolchi nomini aytdi

Ispaniya terma jamoasi va «Barselona» vingeri Lamin Yamal kataloniyaliklar safidagi jamoadoshlarini hisobga olmaganda, qaysi futbolchilarning o'yinini kuzatishni yoqtirishi haqidagi savolga javob berdi.
«Neymar. U mening kumirim. Shuningdek, Jeremi Doku va Rayan Sherki», — deya Yamalning so'zlarini keltiradi The Touchline.
Qayd etish lozimki, Jeremi Doku va Rayan Sherki klub darajasida «Manchester Siti» sharafini himoya qilishadi. Neymar esa «Santos» safida to'p suradi va u o'z faoliyatidagi so'nggi Jahon chempionatida ishtirok etishga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Lamin Yamal joy olgan Ispaniya terma jamoasi Jahon chempionatidagi ilk o'yinini 15 iyun, dushanba kuni Kabo-Verdega qarshi o'tkazadi.