Lamin Yamal tomoshabinlarga "Kopa kubogi"ni namoyish etdi.

"Barselona"ning 18 yoshli vingeri La Liganing 7-turidan o'rin olgan "Real Sosedad"ga (2:1) qarshi o'yin oldidan "Olimpik Lyuis Kompanis" stadionida 21 yoshgacha bo'lgan dunyoning eng yaxshi futbolchisi sovrinni olib chiqdi.

Ispaniyalik ushbu mukofotga ketma-ket ikkinchi yil sazovor bo'ldi.

Kechagi o'yinda Yamal 58-daqiqada maydonga tushdi va 59-daqiqadayoq Robert Levandovskiga g'alaba goli uchun assistentlik qildi.