"Barselona" vingeri Lamin Yamal "Osasuna"ga qarshi o'yinda jamoa safidagi 124-rasmiy uchrashuvini o'tkazdi.

18 yoshli yulduz bu borada jamoaning "Monako"da ijarada harakat qilayotgan hujumchisi Ansu Fatini (123 o'yin) ortda qoldirdi.

Ularning statistikasi quyidagicha.

Lamin Yamal: 124 o'yin, 33 gol, 38 assist.

Ansu Fati: 123 o'yin, 29 gol, 10 assist.