Yakuniy qaror Akanjining o'zida qoladi

Manuel Akanji klubini o'zgartirib, faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, milanliklar 30 yoshli himoyachining transferi bo'yicha «Manchester Siti» bilan faol muzokaralar olib bormoqda. Muhokamalar yaxshi ketmoqda, ammo yakuniy qaror ham futbolchining o'zi roziligiga, ham klublar o'rtasidagi kelishuvlarga bog'liq bo'ladi.