Xyoysenning otasi o'g'lini qanday qilib "Yuventus"dan haydalganini esladi

Din Xyoysenning otasi Donni Xyoysen futbolchining 2024 yil yozida "Yuventus"ni tark etishi tafsilotlari bilan o'rtoqlashdi.
Istiqbolli markaziy himoyachi o'sha yozda "Byankonerilar"ni qabul qilib olgan Tyago Mottaga kerak bo'lmadi. Ispaniyalik futbolchi "Bornmut"ga 20 mln evrodan kamiga qo'yib yuborildi. Oradan bir yil o'tib, "olchalar" futbolchini Madridning "Real" klubiga 62,5 mln evroga sotib yubordi.
"Bu haqiqiy shok edi, biz bunga ishona olmadik. Din "Yuventus"da o'zini yaxshi ko'rsatdi, ammo Motta qo'pol tarzda loyihaga mos kelmasligini va ketishi kerakligini aytdi", - dedi Donni Xyoysen Tuttosport nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Tyago Motta Turin klubidagi debyut mavsumining oxirigacha ham ishlay olmadi - mart oyida u iste'foga chiqarildi.