Madridning "Real" klubi markaziy himoyachisi Din Xyoysen "Elche"ga (2:2) qarshi o'yindagi durang haqida fikr bildirdi.

"Biz kutgan natija emas, ammo jamoa baribir o'tkazib yuborilgan gollarga ajoyib munosabatda bo'ldi.

Ushbu shonli klubdagi ilk golim bilan juda faxrlanaman. Hala Madrid," - deya Xyoysenning so'zlarini keltiradi Madrid Universal.

"Real" hamon La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda, ammo "Barselona" bilan oradagi farq 1 ochkogacha qisqardi.