Xyoylundga "Napoli" safidagi debyut golini urishga 14 daqiqa kifoya qildi

Rasmus Xyoylund "Napoli" safidagi debyutida gol urdi.
"Manchester Yunayted"dan ijaraga olingan hujumchi A Seriya 3-turidan o'rin olgan "Fiorentina"ga qarshi o'yinning 14-daqiqasida gol urdi.
Xeylund ketma-ket ikkinchi o'yinda gol urdi. 8 sentyabr kuni u Daniya terma jamoasi tarkibida Gretsiya darvozasini ishg'ol qilgandi.