Xyoylund: "To'g'ri qaror qabul qilganga o'xshayman"

"Napoli" final bahsida "Bolonya"ni David Neresning dubli evaziga mag'lub etib, Italiya Superkubogini qo'lga kiritdi.
"Manchester Yunayted"ni tark etib, "Napoli"ga o'tgan daniyalik hujumchi Rasmus Xyoylund to'g'ri qaror qabul qilganiga ishonmoqda - har holda, buni uning o'yindan keyin darhol ijtimoiy tarmoqlarda yozgan so'zlaridan ham anglash mumkin.
"Men to'g'ri qaror qabul qilganga o'xshayman," - deb yozadi o'yinchi.
Eslatib o'tamiz, "Napoli" o'z tarixida 3-marta Italiya Superkubogi sohibiga aylandi.