Xyoylund ketma-ket 4 ta o'yindan buyon gol urmoqda

Rasmus Xyoylund ketma-ket to'rtta o'yinda gol urdi.
Daniya terma jamoasi hujumchisi JCh-2026 saralashidan o'rin olgan Gretsiyaga (3:1) qarshi bahsda 21-daqiqada hisobni ochdi.
Xyoylund Daniya va uni "MYu"dan ijaraga olgan "Napoli" safidagi so'nggi to'rtta o'yinda 6 ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Umuman olganda, butun mavsum davomida hujumchi klub va terma jamoa safida 10 ta o'yinda 8 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.