Xyoylund hamon "MYu"da qolishni istamoqda

"Napoli" "Manchester Yunayted" bilan hujumchi Rasmus Xyoylundni sotib olish sharti bilan ijaraga olishga harakat qilmoqda.
Mirror nashrining yozishicha, 22 yoshli daniyalik forvard hozircha transferga qiziqish bildirmayapti. U bu mavsumda klubda qolib, Amorimga asosiy tarkibda maydonga tushishga loyiq ekanligini isbotlamoqchi.
Xyoylund 2023 yilda "Atalanta"dan 78 million evroga sotib olingan. Uning shartnomasi 2028 yil o'rtalariga qadar mo'ljallangan.