"Napoli" safida ijarada harakat qilayotgan Rasmus Xyoylund A Seriyada o'tgan mavsum "MYu" safida APLda kiritgan gollari sonidan ko'proq gol urdi.

Daniyalik futbolchi A Seriyaning 17-turidan o'rin olgan "Kremoneze"ga (2:0) qarshi o'yinda dubl qayd etdi.

O'tgan mavsumda Xyoylund "Manchester Yunayted" safida APLning 32 o'yinida 4 ta gol urgan.

Xyoylund yozgi transfer oynasida "Manchester Yunayted"dan "Napoli"ga ijara asosida o'tdi.